Jahon | 15:33 / 19.10.2020
5498
2 daqiqa o‘qiladi

Trampga Bayden bilan debatlarda raqibining gapini bo‘lmaslik tavsiya qilindi

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi 22 oktyabrda o‘tadigan saylovoldi debatlarining 2-raundida Trampni raqibi Jo Baydenning gapini bo‘lmaslikka chaqirmoqda. 

Foto: Reuters

Axios portali ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘z raqibi bilan osoyishta ohangda gaplashishga, uning gapini bo‘lmaslikka va ko‘proq hazillashishga urinib ko‘radi. Biroq manbalarning ta'kidlashicha, Tramp Baydenning o‘g‘li Hanterga hamla qilishni davom ettirishi mumkin.

“Tramp qilishi kerak bo‘lgan narsa – odamlarga u uchun ovoz berish imkonini berish. Birinchi debatlarda u buning aksini qildi. Umid qilamanki, prezident buning uddasidan chiqa oladi, chunki uning qayta saylanishi shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Trampga yaqin manbalardan biri. 

Manba Tramp birinchi debatlar bo‘yicha hujjatlar bilan tanishib chiqmagandek taassurot qoldirayotganini ta'kidlagan.

AQSh prezidenti yordamchilaridan birining aytishicha, agar Tramp birinchi debatlarda Baydenga gapirishga, moderatorga esa savollar berishga imkon berganda, uning raqibi “safsatabozlikka tushib ketib, miyang‘i choldek ko‘ringan bo‘lardi”. 

Axios o‘tkazgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Tramp 29 sentyabrda o‘tgan debatlarda 71 marta o‘z raqibining gapini bo‘lgan.

Mavzuga oid