O‘zbekiston | 10:11 / 20.10.2020
5741
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mavjud binolar o‘rnida maktablar tashkil etish orqali o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish taklif etilmoqda

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, 68ta kasb-hunar kollejlarining bino-inshootlarini umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qo‘shimcha o‘quv binosi qurib berilguniga qadar vaqtincha bepul foydalanish uchun xalq ta'limi tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida namunaviy loyiha asosida qurilgan 13ta sobiq umumta'lim maktablarining bino-inshootlarini xalq ta'limi tizimiga qaytarish orqali quvvatiga nisbatan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan. 

Qaror loyihasi asosida bino-inshootlarni xalq ta'limi tizimiga o‘tkazish va xalq ta'limi muassasalari faoliyatini tashkil etish orqali quvvatiga nisbatan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda ta'lim olayotganlar uchun munosib sharoitlar yaratiladi.

Mavzuga oid