Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqlandi
Qirg‘iziston oliy sudi prezident vazifasini bajarayotgan bosh vazir Sadir Japarovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqib, Japarovni oqladi.
Oliy sud matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2012 yilda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha sudlangan Japarov jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli oqlangan.
Sud, shuningdek, ushbu ish bo‘yicha deputat Talant Mamitovni va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevni ham oqlagan.
“Oliy sudning 2013 yil 6 avgustdagi qarori bekor qilindi. Sud hay'ati Bishkek shahar sudining 2013 yil 17 iyundagi oqlov hukmini kuchda qoldirdi”, deb ta'kidlab o‘tilgan sudda.
Sadir Japarov 2012 yilda “Ata-Jurt” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi bo‘lgan vaqtda parlamentning o‘shandagi vitse-spikeri Talant Mamitov va deputat Qamchibek Tashiyev bilan birga muxolifat namoyishi vaqtida parlament binosi panjarasini shturm qilishga urinish uchun hibsga olingan.
Prokuratura ularni “hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish”da ayblagan va ularga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni talab qilgan. Biroq Bishkek shahar sudi deputatlarni to‘liq oqlagan. Keyinroq oliy sud muxolifatchilarga 1 yildan 1,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan va jazo muddati amalda o‘tab bo‘lingani sababli ularni sud zalidan ozod etgan. Sud qarori Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga ayblanuvchilarni deputatlik mandatlaridan mahrum qilish imkonini bergan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025