Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yutqazsa, Isroil demokratlarning bosimiga duch keladi – maslahatchi
AQSh prezidenti Donald Trampning bo‘lajak prezidentlik saylovlarida yutqazishi Yaqin Sharqdagi Isroil bosim ostida qolishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Trampning maslahatchilaridan biri aytib o‘tgan.
«Agar Tramp 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda raqibi Jo Baydenga yutqazsa, Isroil Demokratlar partiyasiga yon berishga majbur bo‘ladi», dedi katta yevangelist xristianlar yetakchisi va Trampning maslahatchisi Mayk Evans Israel International News nashriga bergan intervyusida.
«Tramp Amerika tarixidagi Isroilni eng ko‘p qo‘llab-quvvatlovchi prezident. Ammo u saylov uchastkalarida unchalik yaxshi ishlamayapti», degan Evans.
Uning aytishicha, Bayden Isroilga qarshi kurashmasada, saylovda g‘alaba qozonsa, Trampning Yaqin Sharqdagi tinchlik uchun qilgan harakatlariga zarar yetkazishi mumkin.
«Bayden Isroilga qarshi emas. U Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo hozirgi ulkan tinchlik rejasi, Tramning mehnati va samarasidir. Biz uni yana 4 yil prezidentlikda ko‘rishni istardik», deya ta'kidlagan u.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025