Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya YeI fuqaroligini sotgan Kipr va Maltaga nisbatan surishtiruv boshladi
YeK Bryusselga javob berish uchun Kipr va Malta hukumatlari ixtiyorida ikki oy muddat borligini qayd etgan.
Yevrokomissiya (YeK) Yevropa fuqaroligini sotgani yoki oltin pasport dasturi (investitsiya evaziga fuqarolik berish)ni amalga oshirgani uchun Kipr va Maltaga nisbatan surishtiruv boshladi. Bu haqda YeK bayonotida aytilmoqda.
"Yevrokomissiya YeI fuqaroligini "sotganligi" uchun Kipr va Maltaga qarshi qonun buzilishlarni bartaraf qilish protsedurasini ochdi", - deyiladi bayonotda.
Yevrokomissiyaning fikricha, bu davlatlar tomonidan investitsiya evaziga o‘z fuqaroligini (shu bilan birga YeI fuqaroligini ham) taqdim etishi Yevropa ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan tamoyillarga to‘g‘ri kelmaydi.
YeK Bryusselga javob berish uchun Kipr va Malta hukumatlari ixtiyorida ikki oy muddat borligini qayd etgan.
"Agarda javoblar qoniqarli bo‘lmasa, Yevrokomissiya bu masala bo‘yicha o‘z xulosasini kiritishi mumkin", - deyiladi YeK bayonotida.
2019 yil yanvarda Yevrokomissiya Malta va Kiprning Yevroittifoqqa kirmaydigan mamlakatlar fuqarolariga oltin pasport berish tizimi borasida xavotir bildirgandi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025