Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saad Haririy yana Livan bosh vaziri bo‘ldi
Livan prezidenti Mishel Aun “Al-Mustaqbol” sunniy harakati yetakchisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Saad Haririyga yangi hukumatni shakllantirishni topshirdi.
Aun Haririyni Ba'bd saroyida qabul qilib, uni bosh vazir etib tayinlagan hamda yangi hukumatni shakllantirishni topshirgan.
Avvalroq Haririy prezident parlament fraksiyalari bilan o‘tkazgan maslahatlashuvlarda ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Haririy nomzodini parlamentning 65 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, 53 deputat betaraflik bildirgan, 10 deputat maslahatlashuvlarda ishtirok etmagan.
50 yoshli Haririy hukumatga 2009-2011 va 2016-2019 yillarda boshchilik qilgan. U hukmron doiralardagi korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan ommaviy namoyishlar ortida 2019 yil oktyabrida iste'foga ketgan.
Haririy nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishni 26 sentyabrda diplomat Mustafo Adib hukumatni shakllantirishdan bosh tortgandan keyin parlament spikeri Nabih Barriy ilgari surgan.
Maslahatlashuvlar vaqtida Haririyning bosh vazir lavozimiga qaytishiga nasroniylarning ikkita asosiy fraksiyasi – Erkin vatanparvarlik harakati va “Livan kuchlari” partiyasi e'tiroz bildirgan. “Hizbulloh” shia harakati bloki Haririyni na qo‘llab-quvvatlagan va na uning nomzodiga qarshi chiqqan.
Ayni vaqtda Livan 4 avgustda Bayrutda yuz bergan portlashdan keyin tang ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
23:03 / 23.02.2025
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
23:07 / 16.02.2025