Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida Germaniyada millionerlar soni ko‘paydi
Germaniyada joriy yilning yanvaridan iyuniga boyligi bir million dollardan ortiq bo‘lganlar soni 58 mingtaga ko‘paygan.
Shveytsariyaning Credit Suisse banki bergan ma'lumotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida Germaniyada millionerlar soni o‘sdi. Mamlakatda joriy yilning yanvaridan iyunigacha boyligi bir million dollardan ortiq bo‘lganlar soni 58 mingtaga ko‘paygan. 2020 yil boshida Germaniyada millionerlar soni 2,1 million nafar edi.
Yilning birinchi yarmida nemislar shaxsiy boyligining o‘rtacha ko‘rsatkichi ham oshgan. Har bir katta yoshli germaniyalikning boyligi 1,8 foizga ko‘paygan, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 3,9 foizni tashkil etadi. Hisobot mualliflarining fikricha, bunga pandemiya davrida pul sarflashning cheklanganligi sabab bo‘lgan.
Umuman olganda, Germaniyada badavlat fuqarolar soni nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Mamlakat aholisining 40 foizi 100 ming dollardan ortiq mablag‘ga ega. Bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt baravarga ko‘pdir.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025