O‘zbekiston | 09:53 / 23.10.2020
55902
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazildi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bahodir Toshmatov 1964 yilda tug‘ilgan, Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini tamomlagan. 

U 2008−2011 yillarda mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, 2011−2013 yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan, 2017 yilning avgustidan Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgan.

Bahodir Toshmatov shu yil mart oyidan prezident Davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi.

Mavzuga oid