Qirg‘izistonda prezident saylovi 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi
MSK raisi Nurjan Shayldabekovaning so‘zlariga ko‘ra, qonun bo‘yicha muddatidan avvalgi prezident saylovi kelgusi yil 16 yanvarigacha o‘tkazilishi kerak.

Foto: RIA Novosti
Qirg‘izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovi kelasi yil yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika MSK raisi Nurjan Shayldabekova ma'lum qildi.
"MSK a'zolari tomonidan muddatidan avvalgi prezident saylovi o‘tkazilish sanasi belgilandi, saylov 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun bo‘yicha muddatidan avvalgi prezident saylovi kelgusi yil 16 yanvarigacha o‘tkazilishi kerak.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov parlamentga takroriy saylovlar 2021 yil martgacha o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52 / 29.04.2025