Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba’da xodimlar o‘rtasidagi muloqotda lavozimlar nomini aytishdan voz kechildi
Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi xodimlar o‘rtasidagi onlayn muloqotda lavozimlar nomini aytishdan voz kechish bo‘yicha xalqaro loyihani yo‘lga qo‘ydi. Bu loyiha oddiy xodimlar va rahbarlar o‘rtasidagi muloqotni yengillashtirishga qaratilgan.
Kompaniyada tushuntirilishicha, Alibaba o‘tkazgan tadqiqot xodimlar onlayn muloqotda biror rahbarni ko‘rganda o‘z fikrlarini ochiqchasiga aytmasliklarini va “qog‘ozga o‘rab” gapirishni boshlashlarini ko‘rsatgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, xodimlar korporativ messenjerlar, ichki portallar va elektron pochtada biror xodim egallagan lavozim o‘rniga u kompaniyada bajaradigan vazifanigina ko‘rishadi. Misol uchun, endilikda kompaniya ichidagi muloqotda “marketing bo‘yicha direktor” o‘rniga “marketing vazifasini bajaruvchi” deb ko‘rsatiladi.
Kompaniya xodimlari pandemiya vaqtida ko‘proq onlayn gaplashishni boshlashgan. Guruh bo‘lib onlayn muloqot qilish lavozim nomining ko‘rsatilishi o‘zaro muloqotga salbiy ta'sir qilishini ko‘rsatgan. Shuningdek, xodim rahbar bilan bevosita muloqot qilganda, uning tashabbuskorligi susayishi qayd qilingan.
Shu bilan birga kompaniya ochiqlikka intilmoqda. Ta'kidlanishicha, Alibaba’ning korporativ messenjerida har qanday xodim istalgan darajadagi rahbarga, hattoki kompaniya asoschisi Jyek Ma va bosh direktori Deniyel Chjanga hech ikkilanmasdan qo‘ng‘iroq qilishi yoki yozishi mumkin.
Mavzuga oid
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
08:15 / 26.08.2024
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot bo‘lib o‘tadi
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
10:35 / 14.03.2024