Honda 2022 yildan Yevropada dizel avtomobillarini sotishni to‘xtatadi
Yaponiyaning Honda kompaniyasi o‘z avtoparkini elektrlashtirish bo‘yicha strategiyasi doirasidagi ilk qadamni qo‘ydi – Honda Britaniyada dizel avtomobillari savdosini to‘xtatadi. Kompaniya Yevropada faqat gibrid va elektr transport sotadi, 2022 yildan esa to‘liq elektromobillar sotishga o‘tadi.

Foto: autoleak.ru
Electrek nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Honda dastlabki rejasiga ko‘ra, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillaridan 2025 yilga qadar voz kechmoqchi bo‘lgan, biroq hozirda o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, buni 3 yil oldin amalga oshirishga qaror qildi.
Honda Yevropada dizel motorlar ishlab chiqarishni 2022 yilgacha davom ettiradi. Biroq bunday dvigatelli avtomobillar savdosi Britaniyada yaqin haftalarda to‘xtatiladi. Keyinchalik kompaniya o‘z e'tiborini to‘liq elektromobillar va gibridlarga qaratadi.
Hozirda Honda Yevropada 2ta gibrid model - CR-V va Jazz hamda to‘liq elektrlashtirilgan Honda e modelini ishlab chiqarmoqda. CR-V 2017 yilda taqdim etilgan ixcham krossover bo‘lib, uning kuch qurilmasi uchta rejimda – faqat elektr tortish kuchida, faqat ichki yonuv dvigatelida hamda ikki dvigatelning birgalikdagi rejimida ishlaydi. Jazz modeli 5 eshikli xetchbek bo‘lib, 2010 yilda taqdim etilgan hamda CR-V kabi imkoniyatlarga ega.
Honda e elektr xetchbek bo‘lib, 2019 yil sentyabrida Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan va unga Germaniya, Angliya, Fransiya va Norvegiyada 40 mingdan ko‘proq buyurtma olingan. Honda e elektromobili Nissan Leaf i VW ID.3 elektr modellarining raqobatchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

12:16 / 29.03.2025
O‘zbekistonliklar ishlash uchun Yevropaning qaysi davlatlariga ko‘proq boryapti?

14:15 / 24.03.2025
O‘zbekiston Yevropa chegara va sohilni qo‘riqlash agentligi bilan hamkorlik qiladi

12:33 / 22.03.2025