Yevroittifoqda koronavirusga qarshi emlash bahorda boshlanishi mumkin
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, "YeIning barcha mamlakatlarida vaziyat jiddiy".
Yevropa ittifoqida koronavirusga qarshi vaksinatsiya kelasi yil aprelda boshlanishi mumkin. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen va uning maxsus maslahatchisi, mikrobiolog Piter Piot ma'lum qildi.
"Optimistik ssenariyga ko‘ra, Yevropa fuqarolari uchun oyiga 20-50 mln doza vaksina yetkazib berishimiz mumkin, yetkazib berish aprelda boshlanishi mumkin", - dedi Yevrokomissiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "YeIning barcha mamlakatlarida vaziyat jiddiy".
"Yevropada virus tez tarqalmoqda. Biz ikkinchi to‘lqin ichidamiz. Bugungi kunda Yevropada 1,1 milliondan ortiq kishi kasallangan va bu raqam kelayotgan 2-3 hafta ichida tez o‘sishi mumkin", - dedi fon der Lyayyen.
O‘z navbatida uning maslahatchisi Piot "vaziyat juda jiddiyligi va zudlik bilan yanada jiddiy chora ko‘rilmasa bundan ham yomonlashishi mumkin"ligini aytdi.
"Agarda bo‘shashsak, bizda uchinchi to‘lqin ham bo‘lishi mumkin", - dedi Piot.
Uning ma'lum qilishicha, hozirda 11ta vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda.
"Yil oxirigacha ularning qanchalik samarali ekanligini bilib olishimizga umid qilaman. Kompaniyalar bilan kelishuvlar tufayli barcha fuqarolar vaksinaga ega bo‘ladi", - dedi Piot.
Mavzuga oid
00:44 / 26.11.2024
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
18:44 / 23.11.2024
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - Bloomberg
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024