O‘zbekiston | 13:41 / 30.10.2020
6373
1 daqiqa o‘qiladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlanishi mumkin

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ushbu qonun loyihasida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish mumkin bo‘lgan shaxslarning minimal yoshi 21 yosh etib belgilash taklif etilmoqda.

Amaldagi Qonunga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish (sotish) mumkin emas. Ya'ni, bunda iste'molchilarning minimal yosh chegarasini bir yoshga oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, ushbu qonun loyihasida alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan realizatsiya qilish (sotish) taqiqlanishi ham nazarda tutilmoqda. Amaldagi Qonunda esa bunga oid cheklov nazarda tutilmagan.

Mavzuga oid