Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kuchli zilzila ro‘y berdi
Juma kuni Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Izmir provinsiyasi va Gretsiyaning Samos oroli shimolida - Egey dengizi hududida kuchli zilzila ro‘y berdi.
AQSh geologik kuzatuvlar xizmati zilzila magnitudasi kuchini 7 ball deb baholagan, Turkiya hukumati 6,6 ballik zilzila ro‘y berganini ma'lum qilgan.
Xabar qilinishicha, Turkiyada kamida olti kishi halok bo‘lgan, 200dan ortiq kishi jarohatlangan.
Yer osti silkinishi bir necha provinsiyalarda, jumladan, Istanbulda ham sezilgan. Zilzila epimarkazidan 32 km masofada joylashgan Izmir shahri jiddiy jabr ko‘rgan — bu shaharda 20dan ortiq uy, xususan, ko‘p qavatli uylar qulab tushgan. Hozirda shaharda qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda — qutqaruvchilar mahalliy aholi yordamida xarobalar ostida qolib ketganlarni olib chiqmoqda.
Zilzila kuchini Istanbul, Afina va Kritda ham sezishgan.
Zilzila oqibatida mini-sunami ro‘y berib, bundan Samos porti jabrlangan.
Shuningdek, zilzila oqibatida Izmirdan 100 km uzoqlikdagi Kushadas kurort shahridagi qurilish binolariga ham zarar yetgan.
Turkiyaning Izmir viloyati gubernatori Tunch Soyer eng kamida 20ta uy vayron bo‘lganini aytdi.
Geçmiş olsun TÜRKİYE'm
— Eleşkirt Halk Eğitim Merkezi (@EleskirtHalk) October 30, 2020
Gecmi olsun izmir.#izmir pic.twitter.com/aj9yXIqFZu
«Hozirgi vaqtda Bornova va Bayrakli tumanlarining o‘zida 6 ta uy vayron bo‘ldi. Ushak, Denizli, Manisa, Balikesir, Aydin va Mugla provinsiyalarida devordagi yoriqlarni hisobga olmaganda uylar buzilmadi, Jarohatlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmadi», – deb yozadi mer o‘zining tvitter sahifasida.
Izmir seferihisar da yasanan depremden sonra deniz taştı. Ust katlarda mahsur kaldik. Cok fazla zarar var. pic.twitter.com/TFhkjjKFGa
— zebercet (@beril_d) October 30, 2020
Keyinroq u efirda «20 ta uy» deya vayron bo‘lgan uylar haqidagi ma'lumotiga aniqlik kiritib ketdi. NTV telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, Izmir shahri aholisi vayronalar orasida qolgan odamlarni olib chiqishga ko‘maklashmoqda.
İzmir'den gelen görüntüler. #deprem pic.twitter.com/JLWWqX1WXM
— Pusholder (@pusholder) October 30, 2020
Ushbu mintaqada tez-tez kuchli zilzilalar kuzatilib turadi.
Shu yilning 24 yanvarida Turkiya sharqidagi Elyazig‘ provinsiyasining Sivrij shahrida ro‘y bergan yer silkinishi oqibatida 41 kishi halok bo‘lib, 1607 kishi jarohat olgandi.
2019 yilning 19 iyulida yer osti silkiniishi Afinada elektr tizimini izdan chiqargan va shaharning bir qismi elektr ta'minotisiz qolgandi.
1999 yilning 17 avgustida Istanbulga yaqin masofada joylashgan Izmitda zilzila ro‘y berishi oqibatida 17217 kishi halok bo‘lib, 45 mingdan ortiq kishi jarohat olib, 600 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgandi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025