Xitoyda eski bino yangi joyga antiqa usulda ko‘chirildi (video)
Shanhayda muhandislar tarixiy ahamiyatga ega eski binoni yangi joyga ko‘chirishning antiqa usulini o‘ylab topishdi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, bino 1935 yilda qurilgan va uzoq yillar davomida unda maktab joylashgan bo‘lgan.
Yaqinda mahalliy hokimiyat bino joylashgan yerni yangi savdo markazi qurish uchun berishga qaror qildi. Ammo bino ko‘r-ko‘rona buzib tashlanmay, tarixiy ahamiyatga egaligi sababli uni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilindi.
Bu maqsadda muhandislar robotlashtirilgan “oyoqlar” - 198 ta gidravlik tayanch ishlab chiqishdi va ular yordamida binoni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazishdi. Ishchilar uyni ko‘tarib, uning ostiga gidravlik tayanchlarni mahkamlab chiqishdi va uy o‘zi yangi yerga qarab “qadam oldi”.
Shuningdek, gidravlik tayanchlar evaziga ko‘p qavatli binoni 20 daraja burchakka burishga muvaffaq bo‘lindi.
Bino yangi joyda “qo‘nim topdi” va unda madaniy markaz ochish rejalashtirilmoqda.
Binolarni bir yerdan boshqa yerga ko‘chirib o‘tkazish dunyoda keng qo‘llanadi va buning uchun odatda maxsus platformalar, relslardan foydalaniladi. Ammo bu usullar yuqoridagi vaziyatda bino murakkab shaklga ega bo‘lgani sababli to‘g‘ri kelmagan.
Mavzuga oid
02:02
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024