Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan Putindan Armanistonni himoya qilishni so‘radi
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida batafsil ma'lumot berilgan xat yozdi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik shartnomasini hisobga olgan holda Armaniston xavfsizligini ta'minlash uchun Rossiya qanday yordam berishi mumkinligini so‘ragan.
Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Jangovar harakatlarning chegaraga yaqinlashib kelayotgani va allaqachon Armaniston Respublikasi hududiga tajovuzlarning boshlanganini hisobga olib, qo‘llab-quvvatlash darajasi va shaklini aniqlash uchun darhol maslahatlashuvlarni boshlashni iltimos qilib Bosh vazir Rossiya prezidentiga murojaat qildi», – deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu yordam berilishiga huquqiy asos sifatida 1997 yilning 29 avgust kuni imzolangan «Do‘stlik, hamkorlik va ikki tomonlama yordam» to‘g‘risidagi kelishuvning 2-bandi hamda ittifoqchilik munosabati keltirilgan.
Shuningdek, Pashinyan xatda Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Yaqin Sharqdan qurollangan xorijiy terrorchilar «tashlanayotgan»ini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025