O‘zbekiston | 08:28 / 01.11.2020
14848
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Azim Zomin Shifo» koronavirusdan keyin sog‘lom hayotga qaytib, jismonan tiklanishingizga yordam beradi

Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan «Azim Zomin Shifo» dam olish va davolanish maskani o‘z faoliyatini kengaytirdi.

Muassasa joriy yilning 2 noyabridan Respublika Ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «COVID-19» yangi koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni bosqichli tibbiy reabilitatsiyasini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma asosida o‘z faoliyatini ushbu kasallikni o‘tkazgan fuqarolar uchun reabilitatsiya jarayonini tashkil etuvchi markaz sifatida davom ettiradi.

Aytish mumkinki, so‘nggi bir necha oy davomida ko‘plab yurtdoshlarimiz butun dunyo aholisi jabr ko‘rayotgan koronavirus infeksiyasi bilan xastalandi. Natijada, ularning aksariyati tibbiy reabilitatsiyaga muhtojlik sezmoqda. O‘z vaqtida boshlangan reabilitatsiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarni tez kunda avvalgi sog‘lom hayot tarziga qaytishlariga yordam beradi. Yuqoridagi uslubiy tavsiyanomaga asosan esa tibbiy reabilitatsiyaning uchinchi bosqichini sanatoriya sharoitida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Reabilitatsiya uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan «Azim Zomin Shifo» sog‘lomlashtirish va dam olish maskani iqlimiy kurort hisoblanib, to‘rt tarafdan qirlar bilan o‘ralgan tabiiy o‘rmonzor qo‘ynida joylashgan. Muassasa hududidan oqib o‘tadigan soy, turfa gullar, manzarali-mevali daraxtlar hamda toza havo reabilitatsiya talablariga aynan mos keladi.

Shuningdek, maskanda:

  • zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada klinik tahlillardan tashqari, «COVID-19»ga IFA immunoglobulin G (IGG) va immunoglobulin M (IGM) miqdorlari aniqlanadi;
  • bemorlarga reabilitatsiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega shifokorlar (kardiolog, nevropatolog, urolog, genekolog) xizmat ko‘rsatadi;
  • ovqatlantirish ishlari ratsional diyetoterapiya me'yorlariga mos ravishda tashkil etiladi;
  • fizioterapiya bo‘limida: lazeroterapiya, magnitoterapiya, elektrofarez, nebulayzer (ingalyatsiya), tszinda, darsonval, UVCh va boshqa muolajalar qilinadi;
  • malakali hamshiralar tomonidan kerakli inʼeksiyalar va dorilar bilan davolash muolajalari amalga oshiriladi;
  • qon aylanish tizimining faoliyatini yaxshilash maqsadida, uqalash (massaj) xizmatlari ko‘rsatiladi;
  • reabilitatsiya davri uchun muhim muolaja hisoblangan galoterapiya (tuzlig‘or) muolajasi amalga oshiriladi;
  • mutaxassis trener tomonidan jismoniy terapiya (DJT) – ertalabki badantarbiya va o‘pka fibrozi (qotishi)ni kamaytirishda, qonni kislorod bilan boyitishda hamda immunitetni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nafas gimnastikalari bajartiriladi;
  • kislorodli kokteyl va tabiiy giyohlardan tayyorlangan damlamalar tavsiya etiladi;
  • toza havoda yurishni ta'minlash maqsadida, muassasa hududida «mini o‘rmonchalar» va terrenkur yo‘laklari tashkil etilgan.

Xullas, ushbu maskanda barcha e'tibor xastalikni boshidan kechirgan fuqarolarimizni sog‘lomlashtirib, go‘zal hayot tarziga qaytarishga qaratilgandir.

Aziz vatandoshlar, sizning sog‘lig‘ingiz – bizning asosiy maqsadimizdir!

Reabilitatsiya markazimizga marhamat qiling!

Murojaat uchun telefonlar: +99894 3417547, +99894 3427547

Sayt: www.zominshifo.uz

Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Qo‘riq massivi.

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid