O‘zbekiston | 09:00 / 17.10.2023
19906
4 daqiqa o‘qiladi

Yildan yilga go‘zallashayotgan «O‘zbekiston Shveytsariyasi»da sog‘lig‘ingizni tiklang, hordiq chiqaring

Zomin tog‘lari orasida joylashgan «Azim Zomin Shifo» sog‘lomlashtirish va dam olish markazi 2017 yilda tashkil qilingan bo‘lib, noyob iqlimi va o‘ziga xos manzarasi bilan alohida e’tiborga sazovor.

Zomin tog‘lariga «O‘zbekiston Shveytsariyasi» deya ta’rif beriladi. Bu bejiz emas albatta. Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarning o‘zi jonga orom beradi. 

«Azim Zomin Shifo» sanatoriysida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog vrachlar sizning salomatligingiz bilan shug‘ullanishadi.

Mazkur sanatoriy yildan yilga mijozlar talab va takliflaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy qiyofaga kirib bormoqda. Sanatoriyda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan kuz va qish mavsumida issiqqina yotoqxonalar va oilaviy kottejlar mavjud.

Maskanda eng zamonaviy uskunalar vositasida 90 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari ko‘rsatiladi. UZI apparati tekshiruvlarining barcha turlari mavjud. Maxsus fitobarda tog‘ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.

Shuningdek, fizioterapiya davolash usullaridan UVCh, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, umurtqalarni to‘lqinli zarbalar yordamida davolash apparati, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar o‘tkaziladi. Suv bilan davolashda sun’iy marvaridli, yod-bromli, nina bargli daraxtlar damlamasidan, jumladan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan vannalardan foydalaniladi. Bu esa tanani har tomonlama sog‘lomlashtiradi. Boshqa joylarda kam uchraydigan kedr bochkasi ham xizmatingizda, xohishingizga qarab parafin, infraqizil nurli sauna bilan davolashdan foydalanasiz.

Sanatoriyda tuzli g‘or ham bo‘lib, bu sizning nafas yo‘llaringiz, turli allergik kasalliklarni davolashda yaxshi samara beradi.

Mazkur sanatoriy ayniqsa, urologiya sohasida samarali muolaja turlaridan foydalanib kelmoqda. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq shamollashi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovchi maxsus fizioterapevtik apparatlar bilan yuqori sifatli xizmatga tobora talab oshib bormoqda.

Joriy yilda dam oluvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sauna, yopiq, suvi isitiladigan basseyn hamda gidromassajli vannalar qurib foydalanishga topshirildi.

Umuman, ushbu sanatoriyni nafaqat dam olish va sog‘lomlashtirish, shu bilan birga reabilitatsiya markazi deyish mumkin. Tashrif buyuruvchilarning bunga amin bo‘lishi shubhasiz.

Tabiat qo‘ynida dam olish bilan birgalikda, o‘z sog‘lig‘ingizni tiklab olishni istasangiz, albatta Zomin tumanidagi «Azim Zomin Shifo» sanatoriysini tanlashingizga ishonamiz.

Murojaat uchun:

Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani

Mo‘ljal: Zomin shahri markazining janubida

Telefonlar: +998(94)3417547+998(94)3427547

Sayt: zominshifo.uz

Instagram@azimzominshifo_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid