Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda koronavirus yuqtirgan rossiyaliklarning 90 foizi Turkiyada bo‘lganligi ma'lum qilindi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxovning aytishicha, Turkiyada koronavirusdan 11 rossiyalik vafot etgan.
Koronavirus yuqtirib mamlakatga qaytgan rossiyaliklarning 90 foizi Turkiyadan kelgan, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
Uning ma'lum qilishicha, 1 avgustda Turkiya bilan chegara ochilganidan so‘ng Rossiyaga qariyb 1,5 mln kishi qaytgan. Xorij mamlakatlaridan qaytib kelganlarning 10 mingdan ortig‘ida koronavirusga test natijasi musbat chiqqan va ularning 90 foizi Turkiyada dam olib kelganlardir, dedi Popova.
«Interfaks» manbasining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya o‘zaro yo‘lovchi reyslari sonini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu xususan, turistik mavsum yakunlanishi bilan ham bog‘liq, degan manba.
Turkiya bilan aviaqatnovlar ochilganidan buyon ushbu mamlakatda 326 nafar rossiyalik turistda koronavirus aniqlangan, dedi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxov. Uning aytishicha, Turkiyada koronavirusdan 11 rossiyalik vafot etgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025