Jahon | 15:39 / 03.11.2020
5309
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy neft kompaniyasi daromadi ikki baravarga kamaydi

Boshqa kompaniyalar kabi Saudi Aramco ham koronavirus pandemiyasi va neft narxining tushib ketishi sababli og‘ir yilni boshidan kechirmoqda.

Foto: Saudi Aramco

Dunyoning eng boy neft kompaniyasi Saudi Aramco daromadi uchinchi chorakda qariyb ikki baravarga kamayib, 11,78 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida kompaniya 21,29 milliard dollar daromad qilgandi.

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida esa Saudiya Arabistoni kompaniyasining daromadi ikki baravarga kamaydi (35 milliard dollar).

Ushbu ko‘rsatkichlarga qaramasdan, kompaniya uchinchi chorakda dividendlar uchun 18,75 milliard dollar yo‘naltirdi. Boshqa kompaniyalar kabi Saudi Aramco ham koronavirus pandemiyasi va neft narxining tushib ketishi sababli og‘ir yilni boshidan kechirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid