Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 15 kishi noma'lum kasallikdan vafot etdi
Qayd etilishicha, vafot etganlarning yoshi 18-25 orasida bo‘lgan.
Nigeriyaning Delta shtatida kamida 15 nafar kishi noma'lum kasallik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Vanguard nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vafot etganlarning yoshi 18-25 orasida bo‘lgan. Shtat hukumati kasallik tarqalishi sur'atini sekinlashtirish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganini bildirdi.
Afrikalik epidemiologlar odamlar o‘limining sabablaridan biri gemorragik bezgak bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda.
1 noyabrda olimlar VEXAS deb nomlangan yangi kasallikni aniqlashgani xabar qilingandi. Mutaxassislarning ma'lumot berishicha, genetik mutatsiyalar hosil qiluvchi patologiya inson tanasida tiqilmalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunda 40 foiz holatlarda kasallik o‘lim bilan yakun topadi.
Qayd etilishicha, mazkur kasallik shifokorlar ilgari bir-biri bilan bog‘lamagan bir nechta shamollash sindromlarini birlashtirgan.
Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025