Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya COVID-19 va mavsumiy grippni aniqlaydigan yagona testni tasdiqladi
Janubiy Koreyaning Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi COVID-19 hamda mavsumiy grippni bitta namunadan aniqlay oladigan yangi testni ma'qulladi.
CNN xabariga ko‘ra, ushbu usul orqali bemorlar ham COVID-19, ham mavsumiy grippga qarshi natijalarni 3–6 soat ichida olishlari mumkin.
«Bu ham tibbiyot xodimlariga, ham bemorlarga test natijalarini kutishdagi noqulayliklarni kamaytiradi», – degan Janubiy Koreyaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha rasmiy vakili Yun Ta Xo brifingda.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyada payshanba kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘diq 125ta yangi holat qayd etildi. Bu – KDCA (Koreyada kasalliklarni nazorat qilish agentligi)ning ma'lumotlariga ko‘ra, 23 oktyabrdan beri kunlik eng yuqori o‘sish hisoblanadi.
Mamlakatdagi tasdiqlangan umumiy kasalliklar soni 27 mingdan ortiqni, vafot etganlar soni esa 475 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025