Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In generalissimus unvonini oladi - OAV
Shimoliy Koreya rahbari, marshal Kim Chen In endilikda generalissimus unvonini olishi mumkin. Mamlakat rahbariga yangi faxriy unvon, uning singlisiga yanada ko‘proq vakolatlar topshirilishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inga eng oliy harbiy unvonni Koreya Mehnat partiyasining 2021 yil yanvarida o‘tadigan qurultoyida topshirishmoqchi. Asahi yapon nashrining xabar berishicha, Janubiy Koreya razvedkasi rahbariyati yopiq yig‘ilishda milliy parlament deputatlarini bundan xabardor qilgan.
Ayni vaqtda Shimoliy Koreya rahbari marshal unvoniga ega.
O‘z vaqtida Kim Chen Inning bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Senda va otasi Kim Chen Irda generalissimus unvoni bo‘lgan.
Janubiy Koreyada 3 noyabrda o‘tgan yopiq yig‘ilishda razvedka Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning ta'siri o‘sayotganini ma'lum qilgan. Maxsus xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Yo Chjon Koreya Mehnat partiyasining 75 yilligi munosabati bilan 10 oktyabrda o‘tkazilgan barcha tadbirlarga boshchilik qilgan.
Yanvarda o‘tadigan qurultoyda esa Kim Chen Inning singlisi vakolatlari yanada kengaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025