Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xaridorgir avtoraqamlar 6 oy davomida sotilmasa, auksionga arzonroq narxlarda chiqariladi
Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasi asosidagi "chiroyli" avtoraqamlarning boshlang‘ich narxlari belgilandi.
Hukumat qarori bilan, jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir davlat raqami belgilarini berishda auksion o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:
- 1- va 2-toifadagi xaridorgir davlat raqami belgilarining boshlang‘ich narxlari bir pog‘onaga avtomatik ravishda tushirilib (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamlari bundan mustasno), mos ravishda 2- va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi;
- 4–6-toifadagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda kunlik shakllantiriladigan oshkora ro‘yxat asosida umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.
Xaridorgir (oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan) raqamlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Bundan tashqari, endilikda jismoniy va yuridik shaxslarning talablariga asosan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan 1–3-toifadagi xaridorgir avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari ham auksionga qo‘yilishi mumkin.
Bunda ushbu davlat raqami belgilari quyidagi boshlang‘ich narxlarda auksionga chiqariladi:

Mavzuga oid
09:46 / 22.05.2025
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 722 million so‘mga sotildi
13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
09:32 / 25.12.2024