Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM San-Fransisko ko‘chalarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazadi
Shu vaqtga qadar haydovchisiz avtomobillarni faqat kichik shaharlarda sinashga ruxsat berilgandi.
General Motors San-Fransisko ko‘chalarida mutlaqo avtonom avtomobillarni sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘linmasi bo‘lgan Cruise Kaliforniya transport departamentidan haydovchisiz avtomobillarni shahar muhitida sinovdan o‘tkazishga ruxsat oldi. Ilgari haydovchisiz avtomobillarda zarurat tug‘ilganida uni nazorat qilish uchun haydovchi ham o‘tirishi lozim edi.
Yaqin vaqt ichida bir nechta haydovchisiz avtomobilni sinovdan o‘tkazishni boshlash rejalashtirilgan. Shu tarzda Cruise haydovchisiz avtomobillari AQShning yirik ko‘chalarida paydo bo‘ladigan birinchi kompaniyaga aylanadi. Shu vaqtga qadar bunday avtomobillarni faqat kichik shaharlarda sinashga ruxsat berilgandi.
“Yil oxirigacha San-Fransisko ko‘chalariga haydovchisiz avtomobillarimizni jo‘natamiz – benzinsiz va ichida haydovchi bo‘lmagan avtomobillarni”, dedi Cruise bosh direktori Den Ammann.
Mavzuga oid
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
17:13 / 07.02.2022
General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
18:15 / 18.11.2021
Jo Bayden yangi elektron Hummer'ni haydab ko‘rdi (video)
11:50 / 05.11.2021