Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Pensilvaniyada ovoz berish natijalari o‘zgartirilganini aytdi
Trampning qayd etishicha, kuzatuvchilarning qator shtatlarda saylov uchastkalariga qo‘yilmaganligi sababli uning ovoz olish borasidagi yetakchiligi yo‘qqa chiqqan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida prezident saylovidagi ovoz berish natijalari noqonuniy ravishda o‘zgartirilgan deb hisoblamoqda. U bu haqda o‘zining tvitter sahifasida ma'lum qildi.
«Saylov kuni, seshanba kech soat sakkizdan keyin o‘n minglab ovozlar noqonuniy tarzda olindi, bu Pensilvaniya va boshqa ayrim shtatlarda natijalarni butunlay va osongina o‘zgartirdi», — deb yozdi Tramp.
Shuningdek, Trampning qayd etishicha, kuzatuvchilarning qator shtatlarda saylov uchastkalariga qo‘yilmaganligi sababli uning ovoz olish borasidagi yetakchiligi yo‘qqa chiqqan.
3 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘zaro raqobat olib bordi.
Saylovda Bayden g‘alaba qozonishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda, chunki u yaxshigina ustunlikka ega.
Donald Tramp saylov noxolis o‘tkazilganligini iddao qilib kelmoqda. Tramp jamoasi ayrim shtatlarda ovozlarni qayta hisoblashni talab qilmoqchi, ayrim shtatlarda esa sudga murojaat qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022