Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen AQSh kompaniyasini 3,7 milliard dollarga sotib oladi
Volkswagen kompaniyasining yuk mashinalar ishlab chiqaruvchi Traton Group sho‘'ba kompaniyasi AQShdagi raqobatchisi - Navistar International kompaniyasini sotib olishini e'lon qildi.
Traton ayni vaqtda AQSh kompaniyasining 16,7 foiz aksiyasiga ega. Endi u kompaniyaning qolgan 83,3 foiz aksiyasini 3,7 mlrd dollarga sotib olmoqda. AQSh kompaniyasining umumiy qiymati 4,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Traton Navistar aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 44,5 dollardan to‘laydi. Bitim 2021 yilning yarmigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Volkswagen xaridni amalga oshirish uchun Traton’ga 3,9 mlrd dollar kredit taqdim qiladi. Navistar’ning sotib olinishi Volkswagen’ga tegishli yuk mashinalari brendlari, jumladan Man va Scania’ni birlashtiruvchi Traton’ga AQShdagi biznesini kengaytirishiga imkon berishi kerak. Ayni vaqtda Traton savdolarining 2 foiz ulushi AQShga to‘g‘ri keladi. Navistar esa AQShdagi yuk mashinalar bozorining 15 foizini nazorat qiladi.
Mavzuga oid
22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:42 / 27.11.2024