Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 10 kun ichida 3 nafar jurnalist o‘ldirib ketildi
Filippinda esa Duterte davrida o‘ldirilgan jurnalistlar soni 18 nafarga yetdi.
Jurnalistlarni himoyalash qo‘mitasi, «Chegara bilmas muxbirlar» va Inter American Press Association tashkilotlari Meksikada 10 kun ichida 3 nafar jurnalist o‘ldirilganidan chuqur taassuf bildirdi.
Xalqaro nodavlat tashkilotlar Meksika hukumatini qotilliklarni xolis tergov qilish va jurnalistlarni himoya qilishga chaqirib bayonot e'lon qilgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
9 noyabr, dushanba kuni Meksikada yangiliklar sayti muxbiriga suiqasd uyushtirilgan: Isroil Vaskes Rangel jurnalistik faoliyati davomida, Guanaxuato shtatida qurollangan shaxs tomonidan otib ketilgan.
Bundan oldin, 2 noyabr kuni Sonora shtatida onlayn reportyor va fotograf Xesus Alfonso Pinyuelas, 29 oktyabrda esa AQSh bilan chegaradagi Syudad-Xuares shahrida televideniye jurnalisti Arturo Alba Medina ham otib o‘ldirilgan edi.
Jurnalistlarni himoyalash qo‘mitasi Meksikani 2020 yilda eng ko‘p jurnalist o‘ldirilgan mamlakat sifatida qayd etdi. Inter American Press Association esa Meksikada yil boshidan buyon 10 nafar OAV xodimi o‘ldirilganini ma'lum qildi.
Shu kunlarda Filippinda ham jurnalistga suiqasd sodir bo‘ldi. AFP xabariga ko‘ra, DWPR radiosining 62 yoshli sharhlovchisi Virgilio Maganes otib ketilgan: mototsikl boshqarib kelgan qotil o‘z qurboniga 6 marta o‘q uzgan, Maganes voqea joyida jon bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, bu – ushbu filippinlik jurnalistning hayotiga uyushtirilgan birinchi suiqasd emasdi. Unga 2016 yilda ham qurolli hujum bo‘lgan, o‘shanda unga qarata o‘q uzilgach, o‘zini o‘lgan qilib ko‘rsatish orqali o‘limdan qutulib qolgan.
Filippin jurnalistlari milliy uyushmasi qotillikni keskin qoralab, bu – Rodrigo Duterte 2016 yilda mamlakat prezidenti bo‘lganidan keyingi davrda ro‘y bergan 18-jurnalist o‘limi ekanini ma'lum qilgan.
Shu oy boshida «Chegara bilmas muxbirlar» dunyoda jurnalistlarga nisbatan bosimlar kuchayganini bildirgan va yil boshidan buyon 30dan ortiq jurnalist kasbi tufayli qotillik qurboni bo‘lganini qayd etgandi.
Londondagi Foreign Policy Centre aql markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, korrupsiya va moliyaviy jinoyatlarni o‘rganuvchi jurnalistlarning aksari tahdidga uchraydi, yarmidan ko‘piga tuhmat qilinadi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025