Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirus sababli ko‘chada sigaret chekish taqiqlandi
Turkiya hukumati mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli 12 noyabrdan fuqarolarga ko‘chalarda, jamoat transporti bekatlarida va boshqa jamoat joylarida sigaret chekishni taqiqlab qo‘ydi.
Turkiya ichki ishlar vazirligining buyrug‘ida ta'kidlanishicha, turar joylardan tashqari, barcha jamoat joylarida niqob taqib yurish shart qilindi. Biroq sigaret chekish vaqtida niqobni yechishga yoki pastga tushirib turishga to‘g‘ri keladi. Bu esa niqoblardan noto‘g‘ri foydalanish hisoblanadi. Buyruqda ta'kidlanishicha, joriy vaziyatda koronavirus tarqalishi oldini olish uchun niqoblarning uzluksiz qo‘llanishini ta'minlash muhim hisoblanadi va shu sababli sigaret chekishga taqiqlov kiritishga qaror qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinish holatlari soni 400 mingdan, infeksiyadan vafot etganlar soni 11 mingdan oshdi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025