Yangibozor tumani XTB xatida 40dan ortiq xato topildi
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Xalq ta'limi bo‘limi tumanning 34ta maktabi direktoriga jo‘natgan xatdan 40dan ortiq imloviy xatolar topildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Shu yil 10 noyabr sanasiga doir rasmiy idoraviy hujjatni mudir Farrux Amanbayev imzolagan. Unda «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga a'zolik badalini yig‘ish haqida so‘z boradi.
Maktubning yuqori qismidagi blankda tashkilot nomining ingliz tiliga tarjimasi qo‘pol xatolar bilan berilgan. XTBning o‘zbek tilidagi nomida esa so‘zlar qo‘shib yozib ketilganini ko‘rish mumkin.
XTB mudiri Farrux Amanbayev so‘zlariga ko‘ra, xat «yuqoridan bo‘lgan topshiriq» asosida yozilgan va pensiyadagi xodim tomonidan tayyorlangan.
«Xatni sport sohasi bilan shug‘ullanadigan, pensiyadagi mutaxassis tayyorlagan edi. Men shoshib turgan edim, e'tibor bermasdan imzolabman», – dedi Amanbayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Ma'lumot uchun, qonun talabiga ko‘ra xodimning mehnat haqidan har qanday jamiyat va jamg‘armalarga ushlab qolish faqat uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
11:43 / 20.11.2024
2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
20:17 / 05.11.2024