O‘zbekiston eng yirik milliy brendlar reytingida Keniya va Iroq o‘rtasida joylashdi
Brand Finance konsalting kompaniyasi tomonidan tayyorlangan eng yirik milliy brendlarning yangi reytingida O‘zbekiston 9 pog‘onaga ko‘tarildi.
2020 yilda 100ta eng qimmat milliy brendlarning umumiy qiymati 13,1 trillion dollarga kamaydi.
AQSh bu yil ham yetakchilikni saqlab qoldi, Xitoy ikkinchi o‘rinda, Yaponiya uchinchi. Kuchli o‘nlikka Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Kanada, Italiya va Janubiy Koreya ham kiritilgan.
O‘zbekiston 61-o‘rinni egalladi, bu 2019 yilgi reytingdan 9 pog‘ona yuqoridir. Eng yaqin qo‘shnilar Iroq (60-o‘rin) va Keniya (62-o‘rin). Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDHda - Rossiya (14-o‘rin).
Milliy brendni baholash turli jihatlarni o‘z ichiga oladi: iqtisodiyot, investitsiya, turizm, siyosat va boshqalar. O‘rtacha top-10dagi brendlar 14 foizga «arzonlashdi». Irlandiya top-20da qiymati 11 foiz o‘sib, 670 milliard dollarga yetgan yagona brenddir.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
17:36 / 18.11.2024
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024