Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Olimpiada ishtirokchilarining koronavirusga qarshi emlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokioda 2021 yil yozda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yozgi Olimpiada ishtirokchilarini koronavirusga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatlamoqda va bu bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda XOQ rahbari Tomas Bax Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan uchrashuvdan keyin ma'lum qildi.
“Yapon xalqini himoya qilish va unga hurmat yuzasidan, XOQ Olimpiya o‘yinlarining iloji boricha ko‘proq ishtirokchisi va tomoshabinlar, agar u vaqtgacha vaksina paydo bo‘lsa, Tokioga emlangan holda kelishlari uchun ko‘proq sa'y-harakatlar amalga oshiradi. Bu bizga tomoshabinlar Olimpiadada xavfsiz vaziyatda bo‘lishlari borasida ishonch hosil qilishimizga imkon beradi”, deb aytgan Bax.
XOQ prezidenti Tokio Olimpiadasi bekor qilingan mart oyidan beri birinchi marta Yaponiyaga tashrif buyurdi. Baxning ta'kidlashicha, XOQ Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilarni emlash bo‘yicha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
“Agar vaksina o‘sha vaqtga qadar tayyor bo‘lsa, XOQ bu xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Biz bu masala bo‘yicha milliy Olimpiya qo‘mitalari bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytgan Bax.
Avvalroq XOQ rahbari pandemiya davom etayotganiga qaramay, Tokio Olimpiadasi belgilangan vaqtda o‘tishi kerakligini aytgan.
O‘z navbatida, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga “insoniyat virusni yenga olgani isboti” sifatida O‘yinlarni o‘tkazish istagida ekanini aytgan.
Tokio Olimpiadasi rejaga ko‘ra, 2020 yil 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tishi kerak edi. Biroq pandemiya sababli uni bir yilga qoldirishga qaror qilingan. Shu bilan birga, Olimpiadaning nomlanishi “Tokio-2020” saqlanib qoladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tokioga 15 ming 400 olimpiyachi va paralimpiyachi kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025