«Orzudagi zamin» – Obama memuar yozdi. U taqdimot oldidan AQShning Tramp davridagi muammolarini sanadi

Foto: Reuters
AQShning 44-prezidenti Baraka Obama so‘nggi 4 yilda mamlakatda odamlarni bo‘lib yuboradigan darajada yomon voqealar sodir bo‘lganini aytib o‘tdi. Sobiq prezident VVS bilan intervyuda yana ko‘plab mavzularga to‘xtalgan.
Obamaning aytishicha, Baydenning saylovda g‘olib bo‘lishi «tuzalish yo‘liga o‘tgan» mamlakat tiklanishi uchun ilk qadam, xolos. «Hammasi tartibga kelishi uchun bitta saylov kamlik qiladi», dedi Obama.
U 4 yil davomida yuzaga kelgan chidab bo‘lmas beboshlikdan qutulish uchun siyosiy qarorning o‘zi kamligi, bu uchun tizimli o‘zgarishlar zarurligi haqida gapirgan. U odamlar bir birini eshitishni o‘rganishi kerak deb hisoblaydi: «Faktlarni tan olish va shundan keyingina ular borasida bahslashish mumkin», degan Obama.
U kelajakka nekbinlik bilan qarayotgan yoshlardan umidi katta ekanini aytib, ularning energiyasidan ilhomlanayotgani haqida xursand bo‘lib gapirgan. Obama yoshlarni ehtiyotkor optimizm ruhida ulg‘ayishga chorlamoqda va yoshlar o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishini xohlaydi.
Amerikada nega bo‘linish avj oldi?
Obamaning fikricha, AQShdagi immigratsiya masalalari, shaharlardagi to‘qnashuvlar mamlakatdagi ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirib yuborgan va bu ish ba'zi ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali yanada bo‘rttirib yuborilgan.
«Biz 2007-2008 yildagidan ham yomonroq bo‘linib ketdik. O‘shanda men kurashib saylovda g‘olib bo‘lgandim», deydi Obama. Sobiq prezidentning aytishicha, Tramp uchun tartibsizliklar manfaatli bo‘lgan va shu tufayli ularni qo‘llab-quvvatlagan.
Obamaning nazdida bu qadar bo‘linishning yana bir sababi shuki, fakt hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan bo‘lmag‘ur ma'lumotlar tarqalishi urf bo‘lgan. «Millionlab odamlar «Jo Bayden sotsialist» yoki Hillari Klinton pedofillar bilan aloqador sektaga qo‘shilgan», degan safsatalarga ishongan», deya tushuntiradi fikrini Obama.

U aksar nashrlarning soxta ma'lumotlardan saqlanish uchun so‘nggi yillarda qilayotgan ishlaridan xursand bo‘lganini ham aytibdi, lekin bu ishlar yolg‘on tarqalishining oldini olmayotganini ta'kidladi: «Haqiqat endi eshikdan chiqayotganda yolg‘on butun Yer sharini aylanib ulgurgan bo‘ladi».
Har qancha g‘alati bo‘lmasin, Obama oxirgi yillarda AQShning qishloqlar va shaharlaridagi hayot tarzida farq kattalashib borayotganini aytdi: «Bunaqasi Britaniyada ham, umuman, butun dunyoda sodir bo‘lmoqda. Odamlar istisodiy rivojlanish pog‘onalaridan sirpanib tushayotganlarini his qilmoqda va bunga qandaydir guruh aybdor deb o‘ylashadi».
Irqchilik muammosi
AQSh tarixidagi ilk afroamerikalik prezident Baraka Obama irqchilikni hamon mamlakatdagi jiddiy muammo deb hisoblaydi. U irqchilik muammosini «haqiqiy gunoh» va «asosiy xatolardan biri» deb biladi. U Jorj Floydning o‘limiga dunyoning ko‘rsatgan reaksiyasini irqchilik muammosida ham umid uyg‘otuvchi, ham umidsizlikka undovchi holat deb atagan.
«Umidsizlik, chunki sud tizimimizda qanchalik darajada irqchilik unsurlari saqlanib qolganini yana bir bor ko‘rdik. Bu voqealar umid beradi, chunki unga odamlarning qanday reaksiya bildirganini, tinch namoyishlarning qanday miqyosda o‘tganini ko‘rdik», dedi Obama AQSh Jorj Floydning o‘limini qanday kutib olgani haqida.

2012 yilda ham AQShda qora tanli odam o‘lgan, o‘shanda Floridada Treyvon Martin ismli qora tanli o‘smir politsiya xodimi Jorj Tsimmerman tomonidan o‘ldirilgan va oxir-oqibat qotil sud tomonidan oqlangandi. Obamaning fikricha, bu yilgi turli irq vakillari qatnashgan namoyishlar o‘sha 8 yil avvalgidan farqli bo‘lgan. Sobiq prezident qora tanlilar o‘ldirilishi bilan bog‘liq yana bir holat – 2014 yil Fergyusonda 18 yoshli afroamerikalik Maykl Braunning o‘ldirilishini ham esladi.
Obamaning aytishicha, bu holatlar ko‘pchilikni ta'sirlantirgan, lekin juda ko‘pchilik oq tanlilar ich-ichidan bu qotilliklar shunchaki tasodif emasligi haqidagi faktni inkor qiladi: «Biroq bu yil ko‘rdikki, odamlar chindan qora tanlilarning hayoti ham ahamiyatga egaligini tushunib, ortiq bunday yashab bo‘lmasligini seza boshlaganday».
Baraka Obama shu kunlarda tez-tez intervyular bermoqda. Uning NBC telekanaliga bergan intervyusi ham keng tarqaldi. Boisi Obama 17 noyabr kuni o‘zining «Orzudagi zamin» (Promised Land) memuarini e'lon qilishi kutilmoqda. Kitob allaqachon tayyor va tez orada sotuvga chiqariladi. Unda Obamaning Senatdagi va prezidentlik lavozimidagi faoliyati hikoya qilinishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:19 / 08.02.2025
Tramp Baydenning maxfiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini bekor qildi

23:33 / 03.02.2025
Reuters: Oq uy Bayden prezidentligining oxirgi yilida Ukrainaga qurol yetkazib berishni kechiktirgan

17:39 / 28.01.2025
Taker Karlson Bayden ma’muriyati Putinni o‘ldirishga uringani haqida gapirdi

21:19 / 23.01.2025