Bayden ish stoli tortmasida Tramp uchun maktub qoldirgani ma’lum bo‘ldi
Maktub shaxsiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, ba’zan mazmuni e’lon qilinadi.

Foto: EPA
Jo Bayden Oq uyni tark etmasidan oldin ish stoli tortmasida yangi saylangan prezident Donald Tramp uchun maktub qoldirdi, deb xabar berdi BBC.
Fox News telekanali xat mazmuni bilan tanishdi, Bayden unda hamkasbiga eng yaxshi tilaklarini bildirgan.
«Amerika xalqi va butun dunyodagi odamlar bu uydan tarixning muqarrar bo‘ronlariga qarshi barqarorlikni kutadi. Va men kelgusi yillar xalqimiz uchun farovonlik, tinchlik va inoyat davri bo‘lishini tilayman. Sevimli yurtimizga asos solinganidan buyon Parvardigor bizni yorlaqagani kabi, sizni ham yorlaqasin va to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirsin», deyiladi maktubda.
Qayd qilinishicha, birinchi marta bunday xatni 1989 yilda Ronald Reygan yangi prezident Jorj Bushga qoldirgan. Shundan so‘ng, bu an’anaga aylangan. Maktub shaxsiy xususiyatga ega, ammo ba’zilari ommaga e’lon qilingan.
Tramp birinchi prezidentlik davridan keyin, 2021 yilda ham Baydenga maktub qoldirgan edi.
Mavzuga oid

23:01 / 16.04.2025
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

19:10 / 16.04.2025
NYT: AQSh 30 ga yaqin diplomatik missiyalarini yopishni rejalashtirmoqda

18:36 / 16.04.2025