Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim vazirligi: Vazir o‘rinbosarining «obqochishga majburmiz» degani deputatlarga berilgan javobga aloqador emas
Bugun, 18 noyabr kuni, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining 9 oydagi ijrosi ko‘rib chiqilmoqda.
Tadbirda deputat Doniyor G‘aniyev savol berayotgan paytda Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev kamera mikrofonini o‘chirishni yoddan chiqarib qo‘ydi. Majlis Youtube orqali jonli efirga uzatilayotgan edi.
Vazir o‘rinbosari o‘sha paytda qo‘ng‘iroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javob berar ekan, “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz?” degan so‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ketdi.
Tez orada «Telegram» tarmog‘i orqali Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva nomidan quyidagi axborot tarqaldi:
“Holat yuzasidan haqiqatan ham M. Yo‘ldoshev deputatlar savollariga javob bergandan so‘ng onlayn uzatilayotgan efir mikrofonini o‘chirish esdan chiqqanligi va u ish faoliyatini davom ettirganligi hamda bu jarayonda unga bo‘lgan qo‘ng‘iroqqa javob berganligi ma'lum bo‘ldi.
Vazir o‘rinbosari M. Yo‘ldoshev bu telefon orqali so‘zlashuv mazmuni deputatlarga berilgan javobga aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi.
Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari vakillaridan turli xil “ehtimollar”ga asoslangan fikrlarini ilgari surmasliklari va vaziyatga to‘g‘ri baho berishlarini so‘raymiz”, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Mavzuga oid
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
15:30 / 01.09.2024