Jamiyat | 20:00 / 18.11.2020
28062
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tezliklar oshib, narxlar pasaymoqda

Ko‘pincha «O‘zbektelekom» AKga internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekistonning mavqeini yaxshilash to‘g‘risida o‘qiganlari haqida savol berishadi. Shu bilan birga, mushtariylar tariflar o‘zgarishi sekin bo‘layotganini, xizmat tezligi esa deyarli ortmayotganini yozadilar. Sizga tariflar qanday pasaytirilganligi va internet xizmatlarini taqdim etish tezligi qanchalik ortganligini aniq misollarda ko‘rsatib berishga harakat qilamiz.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan 2018-2020 yillarda O‘zbekistonda internet tarmog‘iga keng polosali ulanish xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar olib borildi. Shu jumladan, operator va provayderlar uchun 2018 yildan 2020 yilgacha tashqi internet kanal narxi 244,9 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha, ya'ni 5 barobardan ko‘proqqa arzonlashtirildi.

Shu bilan birga, respublikaning operatorlari va provayderlari uchun CDN serverlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan UZ-IX tarmog‘ining piring tarmog‘i xizmatlari uchun maxsus tariflar ishlab chiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar o‘z abonentlariga mahalliylashtirilgan internet xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro internet-kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, ya'ni 2-3 baravar past va bu piring tarmog‘iga ulangan respublika operator va provayderlar uchun o‘z abonentlariga jahon darajasidagi yaxshi xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

Kompaniyaning internet xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan tarif siyosati natijasida, ko‘rsatilgan davr oralig‘ida tezlikni sezilarli darajada oshirish va xizmat narxini tushirishga erishildi.

Misol uchun, agarda jismoniy shaxs sifatidagi abonentlarga 2018 yilda 350 ming so‘m evaziga 4 Mbit/s tezlikda internetdan cheksiz foydalanish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu tezlikdagi internet xizmati 88 ming so‘m evaziga taqdim etilmoqda. Ulanish tezligi bo‘yicha taqqoslasak 2018 yilda 200 ming so‘m evaziga 2 Mbit/s tezlikda internet xizmati taqdim etilgan bo‘lsa, hozirda 199 ming so‘m evaziga 30 Mbit/s tezlikda internet xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Shu tarzda Internet xizmatlari narxi o‘rtacha 4 barobarga pasaytirilgan bo‘lsa, ulanish tezligi 15 barobarga oshirildi.

Ta'kidlash joizki, hozirda tungi vaqtda internet tarmog‘idan foydalanish tezligi, shuningdek UZ-IX va Tas-IX tarmog‘iga ulanish tezligi sezilarli darajada oshirildi. Avvallari ushbu tarmoqlar xizmatlaridan foydalanish tezligi internet tarmog‘iga ulanish tezligi bilan bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hozirda tarif rejasi va ulanish texnologiyasiga qarab 300 Mbit/s gacha oshirildi.

Internetga keng polosali ulanish xizmatlarining arzonligi va yanada faol rivojlanishi sari harakat qilish bilan birga, kompaniya barcha ulanish texnologiyalari bo‘yicha yangi abonentlar uchun oxirgi milyani tashkil qilishda, shuningdek mavjud abonentlar texnologiyasini o‘zgartirishda kabel va oxirlovchi abonent qurilmalarini taqdim etmoqda.

Kompaniya tomonidan bunday tarif siyosati yuritilishi natijasida, jismoniy shaxs abonentlar tomonidan cheksiz tarif rejalardan foydalanish tendensiyasining katta oqimi kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2018 yilda umumiy abonent bazasidan cheklangan va cheksiz tarif rejalariga ulangan abonentlar sonining 59% ni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 95% dan ortiqni tashkil qilmoqda.

Ookla kompaniyasi har oyda Speedtest.net servisining Speedtest Global Index reytingi ma'lumotlarini nashr etadi va unga ko‘ra 2020 yil oktabr oyida O‘zbekistonning mobil hamda simli internet ko‘rsatkichlarida o‘sish kuzatilgan. Ya'ni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda davlatimiz simli internet tezligi bo‘yicha 14 pog‘onaga yuqorilagan va 176 ta davlat ichida 29,68 Mbit/s tezlik bilan 98-o‘rinni egallagan. Bir yil avval O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha 19,91 Mbit/s tezlik bilan 112-o‘rinni egallagandi. Mobil internet tezligi bo‘yicha bir yil ichida 10,79 Mbit/s dan 12,14 Mbit/s ga ko‘tarilgan.

2018-2020 yillarda yuridik shaxslar uchun internet xizmatlar tariflariga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Tezlikning o‘sishi o‘rtacha 5,5 baravarni tashkil etib, narx esa 3 barobarga arzonlashtirildi.

Tashkilot va korxonalarning kunduzgi ishlash tartibini inobatga olib, shuningdek tashqi internet kanaldan oqilona foydalanish maqsadida, kunduzgi vaqtda tezlik oshirilgan tarif reja joriy etildi. Mazkur qadam yuridik shaxs abonentlarga internet xizmatlarini yanada arzon narxlarda taqdim etish hamda eng yuqori yuklama soati kam bo‘lgan davrda tashqi internet kanaldan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Shunga o‘xshash tarif rejalarning narxi bugungi kunda o‘rtacha 3 baravarga pasaytirildi va tezlik esa 6 barobarga oshirildi.

Kompaniya tomonidan ijtimoiy sohaga ham katta e'tibor qaratilmoqda, jumladan maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan mobil aloqa uchun imtiyozli maxsus tarif rejalari joriy etildi. Bundan tashqari, oliy o‘quv muassasalari uchun internet hamda UZ-IX va Tas-IX tarmoqlariga ulanish tezligi 1 Gbit/s gacha oshirildi.

Mobil aloqa xizmatlari uchun internet trafikning yanada katta hajmlari va qo‘ng‘iroqlar daqiqalarini o‘z ichiga olgan tarif rejalari joriy etildi. Shuningdek, internet to‘plamlarning hajmi va narxiga ham juda ko‘p o‘zgartirishlar kiritildi. Katta hajmga ega internet trafik to‘plamlar joriy etildi. Ushbu to‘plamlardagi trafik hajmi avvalgi internet to‘plamlar bilan solishtirilganda nisbatan 3 barobarga ko‘p, narxi esa o‘rtacha 2-3 barobarga arzonlashtirilgan.

Mobil aloqa internet paketlari narxi hamda hajmini chuqurroq tahlil qilgan har qanday foydalanuvchi ko‘proq o‘zgarish dinamikasini shaxsan ko‘rishi mumkin.

Tariflarni pasaytirish, aloqa xizmatlari tezligi va sifatini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid