Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi umumiy qarz miqdori yil oxirigacha 277 trillion dollarga yetadi
2020 yil oxiriga kelib dunyo davlatlarining umumiy qarzi 277 trln dollarga yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 365 foiziga yetishi mumkin. Bu haqda Vashingtondagi Institute of International Finance instituti sharhida ma'lum qilingan.
Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari dunyodagi umumiy qarz miqdorining 2019 yil oxiriga nisbatan 15 trln dollarga oshishiga olib kelgan. 2020 yil 3-choragida qarz miqdori rekord darajaga yetgan va 272 trln dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.
“Pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy choralar davom etayotgani sababli 2020 yil oxirigacha dunyodagi umumiy qarz miqdori 277 trln dollarga yetishini kutmoqdamiz”, deb aytilgan sharhda.
2020 yil dunyoda moliyaviy sektordan tashqaridagi qarz miqdori 210 trln dollarga yetadi. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 194 trln dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, joriy yilda rivojlanayotgan davlatlar qarzi miqdori ular umumiy yalpi ichki mahsulotining 210 foiziga yaqinlashmoqda. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich umumiy YaIMning 185 foizini tashkil qilgan.
“Daromadlarning keskin pasayishi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar kamligiga qaramay, rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga qarzga xizmat ko‘rsatishni qiyinroqqa aylantirdi”, deb ta'kidlab o‘tilgan sharhda.
Xalqaro valuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, joriy yilda jahon iqtisodiyotida 4,4 foizlik pasayish qayd qilinadi, biroq u 2021 yilda tiklanadi va 5,2 foizga o‘sadi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
08:49 / 03.04.2025