Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyani Yevropa ittifoqiga qabul qilishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqini Turkiyani ittifoqqa qabul qilish va'dasini bajarishga chaqirdi.
“Anqaraga Yevropa ittifoqining to‘laqonli a'zosi bo‘lishidan tortib muhojirlar muammosini hal qilish haqida bergan va'dalaringizni bajaring. Bu hamkorlikni yakdillik va maksimal samara bilan ilgari surishga imkon beradi”, deb aytgan Erdo‘g‘an Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a'zolari oldidagi chiqishi vaqtida.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya o‘zini Yevropaning ajralmas qismi sifatida ko‘radi.
Yevropa ittifoqida Turkiyaning muammolarini tushunishlari, biroq bu uning mintaqada o‘zini tajovuzkor tutishini oqlamasligi aytilgan.
“Turkiyada muammoli qo‘shchinilik bor. Ha, u millionlab qochqinlarni qabul qilmoqda va biz bu uchun uni anchagina moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Biroq bu muammolardan birortasi uning o‘z qo‘shnilarini qo‘rqitishga urinishlarini oqlay olmaydi”, deb aytgan avvalroq Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen. Uning ta'kidlashicha, Turkiya Yevropa ittifoqiga yaqin joylashgan va uning yaqin qo‘shnisi bo‘lsa-da, Anqara va Bryussel o‘rtasidagi o‘zaro tushunmaslik darajasi ortib bormoqda.
Yevropa komissiyasining oktyabrdagi ma'ruzasida “Turkiya Yevropa ittifoqining muhim sherigi bo‘lib qolishi, biroq u demokratiya, huquq ustuvorligi, sud hokimiyati mustaqilligi sohalarida jiddiy og‘ishib, Yevropa ittifoqidan tobora uzoqlashayotgani” aytilgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025