Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘rikenglik bo‘yicha jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi “Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Norma’ning yozishicha, hujjat prezidentning "Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" 2019 yil 15 noyabrdagi PF-5876-son farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan millatlararo munosabatlar sohasida o‘zaro hamkorligini kuchaytirish uchun hujjat bilan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi;
Tumanlar (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har chorakda muhokama qilish va hamkorlikda hal etishni tashkil qilish hamda monitoringini olib borish;
- millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish;
- millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan davlat organlari faoliyati bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Hujjat 18.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:05 / 22.04.2025
«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024