O‘zbekiston | 15:30 / 24.11.2020
4836
2 daqiqa o‘qiladi

Firibgarlikdan jabr ko‘rgan fuqaroga 26,5 ming dollar puli olib berildi

Qarzdorning xonadonidan mol-mulklar xatlanilib, realizatsiya qilindi va fuqaro foydasiga 26,5 ming dollar miqdorida jinoiy zarar to‘liq undirib berildi.

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.K.ning jinoyat ishi bo‘yicha undiruvchi fuqaro A.Sheremetova foydasiga jami 26,5 AQSh dollari miqdorida jinoiy zarar undirish haqidagi ijro ishi mavjud edi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga firibgarlik orqali orttirgan pulni ixtiyoriy tarzda qaytarish uchun muddat taqdim etilgandi. Berilgan muddat tugagach, fuqaroga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan va qarzdorga nisbatan cheklovlar belgilangan. Shuningdek, qarzdorning yashash sharoiti hamda mulkiy ahvoli o‘rganilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Qarzdorning xonadonidan birinchi ehtiyojdan tashqari mol-mulklar xatlanib, realizatsiya qilingan va joriy yilning 20 noyabr kuni firibgarlikdan jabr ko‘rgan fuqaro foydasiga 26,5 ming AQSh dollari miqdorida jinoiy zarar to‘liq undirib berilgan. Qarz qaytarilgach, qarzdorga nisbatan barcha cheklovlar bekor qilingan.

Mavzuga oid