Hindiston Xitoyning yana 43ta mobil dasturini bloklab qo‘ydi
Hindiston hukumati mamlakatda Xitoy kompaniyalari ishlab chiqqan 43ta mobil dastur bloklanganini ma'lum qildi. Bu dasturlar orasida Alibaba kompaniyasining 4ta dasturi, jumladan AliExpress bor.

Foto: NDTV.com
Hindiston axborot texnologiyalari va elektronika vazirligi ushbu dasturlar “Hindistonning suvereniteti va yaxlitligi, mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazishi”ni ma'lum qilgan.
Xitoyda ishlab chiqilgan dasturlarning bloklanishi Hindistonning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish markazining hisobotidan keyin amalga oshirilgan.
Bu may-iyun oylarida Hindiston va Xitoy chegarasidagi to‘qnashuvlardan keyin Xitoyda ishlab chiqilgan dasturlarning Hindistonda uchinchi bosqich bloklanishi hisoblanadi. Iyun oxirida Xitoyning 59ta dasturi, sentyabrda esa yana 118ta dasturi bloklangandi. Oxirgi bloklash hisobga olinsa, Hindistonda Xitoyning taqiqlangan dasturlari soni 220taga yetdi. Ular orasida TikTok videoservisi ham bor.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025