Toshkent viloyatida Maserati, Audi va Malibu’da poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi, yangi qurilgan avtomobil yo‘lida bir guruh haydovchilar tungi vaqtda xavfli holatni yuzaga keltirgan holda poyga uyushtirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.
Ma'lum bo‘lishicha, uch nafar haydovchi, ya'ni, 1993 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi M.R. Audi, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi T.Sh. Malibu 2 va 1992 yilda tug‘ilgan K.A. Maserati transport vositalarida harakatlanish xavfsizligi talablariga zid ravishda, o‘zaro kelishuv asosida poyga uyushtirgan.
Viloyat IIBB YHXB tomonidan ushbu videolavhada aks etgan barcha transport vositalari aniqlanib, ularning haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani aytiladi.
Qayd etilishicha, bu shaxslarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024