Fan-texnika | 19:52 / 25.11.2020
2261
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada haydovchisiz avtobuslar sinovdan o‘tkazilmoqda

Yaponiya poytaxti Tokio yaqinida joylashgan Sakai shahrida bepul haydovchisiz avtobuslar sinovdan o‘tkazila boshlandi. 

Foto: Videodan kadr

Sinovlarni Softbank kompaniyasining sho‘'ba kompaniyasi o‘tkazmoqda. Fransiyaning Navya Arma kompaniyasi ishlab chiqqan avtonom avtobus soatiga 25 km yo‘l bosadi va 15 yo‘lovchi tashiy oladi. Avtobus to‘liq quvvatlangan akkumulyatorda 9 soat ishlaydi.

Avtobusda rul va haydovchi o‘rindig‘i yo‘q, u masofadan boshqariladi. Avtobuslarning harakatlanishi GPS yordamida kuzatib boriladi. 

Ta'kidlanishicha, Sakai umumiy foydalanish yo‘llarida avtonom avtobuslar paydo bo‘ladigan birinchi yapon shahri bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid