Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda karantindan keyin qaysi savdo markazlari ochilishi lotereya orqali aniqlanadi
Lotereya moliya, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash vazirliklari ishtirokida o‘tkaziladi.
Isroilda karantin bekor qilinganidan so‘ng ko‘ngilochar-savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda. 27 noyabr kuni 15ta savdo markazi o‘z ishini boshlaydi. Qaysi savdo markazlari ochilishi esa lotereya orqali aniqlanadi, deb yozadi Calcalist.
Hukumat aynan qaysi savdo markazlari ochilishini aniqlash uchun maxsus lotereya o‘tkazadi. Buning uchun savdo markazlari egalari ro‘yxatdan o‘tishi va sog‘liqni saqlash vazirligining barcha talablarini bajarishini tasdiqlashi lozim.
Lotereya moliya, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash vazirliklari ishtirokida o‘tkaziladi.
Dastlab savdo markazlari 6 dekabrgacha ishlaydi. Hukumat epidemiologik vaziyatni monitoring qilib boradi. Shundan so‘ng savdo markazlari faoliyatini davom ettirishi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Isroil sentyabrda qat'iy karantinni qaytadan joriy etgandi. Unga ko‘ra, uydan 500 metr masofa uzoqqa borish mumkin emas. Restoran, mehmonxona, sport zallari va basseynlar yopilgan.
Oradan bir oy o‘tgach, mamlakatda karantin cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025