Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB tadbirkor foydasiga 210 ming dollar undirib berdi
To‘lov topshiriqnomasiga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi tadbirkor foydasiga jami 210 ming AQSh dollari ekvivalentidagi qarzdorlik – 2 mlrd 129 mln so‘m qiymatda to‘liq undirilgan.
Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, Yashnobod tuman bo‘limiga qarzdor jamiyatdan undiruvchi korxona foydasiga jami 210 ming AQSh dollari miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan.
Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklar o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda band solingan va undiruvni qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari ko‘rilgan.
Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan tegishli bankka chet el valutasini sotib olish majburiyati yuklangan bo‘lib, to‘lov topshiriqnomaga asosan, qarzdor jamiyatdan undiruvchi tadbirkor foydasiga jami 210 ming AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik 2 128 967 400 so‘mdagi qiymatda to‘liq undirilgan.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024