Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlatga yetkazilgan zarar undirilganidan so‘ng bir qismi muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi
Joriy yilning 24 noyabr kuni prezident tomonidan “Sud hujjatlar va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Yangi farmon ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, ijro hujjatlarini so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etishni ta'minlash orqali fuqarolar hamda jamiyat manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan hujjat hisoblanadi.
2020 yil 1 dekabrdan boshlab, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma'muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha sotilgan mol-mulklarning mablag‘lari - alohida g‘aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025