Turkiyada dam olish kunlari ko‘chaga chiqish taqiqlandi
Turkiya hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida 1 dekabrdan ish kunlari soat 21dan 5gacha, dam olish kunlari esa kun bo‘yi komendantlik soati kiritishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

Foto: REUTERS/Sertac Kayar
“Hammom, sauna, basseyn, sportzallar 1 dekabrdan ishlamaydi. Savdo markazlariga cheklangan sonda odamlar raqamli kod bilan kiritiladi. Gavjum joylarga tashrif buyurish cheklanadi. Ish kunlari soat 21dan 5gacha, shuningdek, juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qiladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an o‘z telemurojaatida.
Odamlar savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlariga ularga berilgan “Salomatlik kodi” deb nomlanuvchi raqamli kodlar bo‘yicha kiritiladi.
“Biz sinovlarning oxirgi bosqichidan o‘tgan barcha vaksinalarni o‘rganmoqdamiz. Barcha fuqarolarimiz vaksinani bepul olish imkoniga ega bo‘ladi. Emlash keyingi oydan boshlanadi. Biz 50 mln doza vaksinaga buyurtma berib qo‘yganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Shu bilan birga, Turkiya rahbarining ta'kidlashicha, iqtisodiyotning ba'zi tarmoqlari lokdaun ta'siri ostidan chiqariladi.
Erdo‘g‘an, shuningdek, aholini mehmondorchilikdan tiyilishga va Yangi yilni kutmaslikka chaqirgan.
20 noyabrda Turkiyada kafe, restoran, kinoteatrlar yopilgandi, dam olish kunlari soat 20dan soat 10gacha komendantlik soati kiritilgandi.
Avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja Turkiyaning bir qator hududlarida, jumladan mamlakatning eng yirik shahri Istanbulda koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqini kuzatilayotganini ma'lum qilgan. Oxirgi hafta ichida mamlakatda bir necha marta rekord darajadagi kasallanish va o‘lim holatlari qayd qilingan. 28 noyabrda kunlik kasallanish holatlari soni 30 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan, 185 kishi infeksiyadan vafot etgan. Bu ko‘rsatkichlar pandemiya boshidan beri eng yuqorisi bo‘lgan.
Mavzuga oid

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025