Toshkent shahar hokimligi davlat organlarini davlat bojini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi
«Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasida «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunni yangi band bilan to‘ldirish taklif etilgan.
Qonun 9-moddasining (Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish) birinchi qismi 14-1-band bilan to‘ldirilishi mumkin. Unda davlat organlari iqtisodiy sudlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi taklif etilmoqda.
Ma'lumot uchun, hozirda Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) da'vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
2) Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata a'zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar yuzasidan;
3) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar bo‘yicha;
4) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da'volar bo‘yicha;
5) Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari — «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga ketgan mablag‘larni tashkilotlardan undirib olish bo‘yicha da'volar, shu jumladan regress da'volar yuzasidan;
6) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;
7) Suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da'volar bo‘yicha;
8) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da'volar bo‘yicha;
9) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da'volar bo‘yicha;
10) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da'volar bo‘yicha;
11) Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da'volar bo‘yicha;
12) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;
13) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
14) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
15) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan;
16) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo bo‘lgan qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan;
17) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bog‘liq da'volar yuzasidan;
18) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar yuzasidan;
19) arizachi va javobgar — huquqiy ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
20) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan;
21) tadbirkorlik sub'yektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza berganda;
22) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, uning joylardagi organlari — yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog‘liq da'volar bo‘yicha;
23) Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab qilingan da'volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
24) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari — qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik bo‘yicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
25) Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — tadbirkorlik sub'yektlari manfaatlarini ko‘zlab beriladigan da'volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
26) Hisob palatasi — O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ko‘zlab qilingan da'volar va beriladigan arizalar yuzasidan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024