Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlari boshlandi
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlari boshlandi. Ushbu loyihaga respublikaning barcha hududlaridan namunaviy tuman va shaharlar, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa barcha tuman va shaharlar qamrab olinishi belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga so‘nggi tashrifi chog‘ida Qashqadaryo viloyati misolida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatning barcha tumanlarini qamrab olgan holda:
- tibbiy brigadalarni shakllantirish;
- xonadon patronaji;
- tibbiy xatlovni elektron tizimda shakllantirish;
- antropometrik o‘lchov va tekshiruvlarni amalga oshirish;
- maqsadli skrining va ko‘riklar;
- tibbiy ma'lumotlarni planshetga kiritish va umumlashtirish uchun maxsus elektron dastur ishlab chiqish;
- xonadonning tibbiy kartasi, mahalla, tuman «Salomatlik profili»ni yaratish;
- aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik odatlarini shakllantirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xonadonlarda patronaj va antropometriya tadbirlari doirasida poliklinika va oilaviy shifokor punktilarda quyidagi maqsadli skrining tadbirlari amalga oshiriladi:
- shifokor tomonidan 40 yoshdan oshgan fuqarolarda maxsus savolnoma asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar skriningi;
- akusher-ginekolog tomonidan tug‘ish yoshidagi ayollar ko‘krak bezi saratoni skriningi;
- qonda qand miqdorini aniqlash orqali 2-turdagi qandli diabet kasalligi skriningi.
«Loyihani amalga oshirish uchun viloyatning barcha tuman va shaharlarida hududiy rahbarlar boshchiligida maxsus monitoring guruhi tuzilib, ularga tashkil etilayotgan tibbiy brigadalarni nazorat qilish, ularni zarur mobil jihozlar bilan ta'minlash, mobil poliklinika faoliyatini tashkillashtirish uchun avtotransport ajratish, zarur miqdorda reaktiv va sarflov materiallari bilan ta'minlash kabi moliyaviy masalalarni hal qilish yuklatildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shu maqsadda viloyatda 1535 tibbiy brigada tashkil etilib, o‘z hududlariga biriktirilgan.




Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimi doirasida aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlariga yaqindan yordam berish maqsadida mamlakat bo‘ylab tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yuqori kursda o‘qiyotgan, magistratura va klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olayotgan qashqadaryolik talabalarning o‘z viloyatlarida amaliyot o‘tashlari belgilangan.

Hozirda viloyatda tibbiyot oliy o‘quv yurti va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 695 nafar shunday amaliyotchi talabalari hamda 75 nafar professor-o‘qituvchilari safarbar etilgan. Ular ishtirokida 38ta zaxira tibbiy brigadalari shakllantirilgan.
«Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida boshlangan aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlari keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab tatbiq etilishi mo‘ljallangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024