Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelasi o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi
«Ta'lim to‘g‘risida»gi yangilangan qonunga asosan, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida bolani maktabga berish yoshi to‘g‘risidagi tushunmovchiliklarga barham berilishi aytildi.
O‘zbekistonda endilikda bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Shu paytgacha bolani necha yoshdan maktabga berish masalasi ota-onalar tomonidan turlicha talqin qilinardi. Normativ hujjatlarda 6–7 yosh deb belgilangan. Boshqa tartibda esa psixolog xulosasiga ko‘ra, bola maktabga tayyor bo‘lsa, muddatidan oldin 6 yoshda qabul qilinishi mumkin, degan talqinlar ham bo‘lgan va bu ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘ldi.
Bu vaziyatdan kimdir o‘z moddiy manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkin. Shu sababli xalqaro tajribadan kelib chiqib, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov majburiy ravishda qonunga kiritildi.
Joriy yil 23 sentyabrda kuchga kirgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunga asosan, 2021/22 o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilish tizimi amal qiladi. Bu esa ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarga barham beradi», – dedi Sharifxo‘jayev 3 dekabr kuni xalq ta'limi tizimidagi korrupsiya mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025